14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistratura
26
Xorijiy talabalar
KIRISH
"Faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson
qadrini, milliy qadriyatlarni, bir so’z bilan
aytganda, o’zligini anglash, erkin va ozod
jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning
jahon hamjamiyatida o’ziga munosib obro’li
o’rin egallashi uchun fidoyilik bilan
kurashishi mumkin".
Guliston davlat universiteti (bundan buyon matnda OTM deb yuritiladi)ning odob-axloq namunaviy qoidalari (bundan buyon matnda "Odob-axloq qoidalari" deb yuritiladi) O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida"gi, "Ta’lim to’g’risida"gi, "Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida"gi va "Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to’g’risida"gi qonunlar, Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2012 yil 21 maydagi 139-son qarori, Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to’g’risida”gi 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli qaror va buyruqlari, OTMning Ustavi, ichki tartib qoidalari hamda umume’tirof etilgan ma’naviy va axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.
1-bo’lim. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu OTM professor-o’qituvchilari, xodimlari va talabalarining odob-axloq qoidalari kasbiy odob-axloqining umumiy printsiplari va xulq-atvorining asosiy qoidalari yig’indisidan iborat.
1.2. “Odob-axloqi qoidalari” OTM da huquqbuzarlikning oldini olishga, ular sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, professor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalarining yuksak huquqiy ong, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga qat’iy rioya qilish ruhida tarbiyalashga yo’naltirilgan.
1.3. Professor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalar qonun hujjatlari va Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishlari shart.
“Odob-axloq qoidalari"ishlab chiqilishida O’zbekiston Respublikasi ta’limga oid qonun hujjatlarida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilashga hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga, ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etishga qaratilganligi sababli OTMning asosiy funktsiyasi ta’lim va tarbiya berishdan nborat ekanligi nazarda tutilgan.
1.4. “Odob-axloq qoidalari” OTM Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanganidan so’ng kuchga kiradi va unga o’zgartirish hamda qo’shimchalar kiritish Ilmiy kengash qaroriga bilan amalga oshiriladi.
1.5.“Odob-axloq qoidalari” OTMning ma’muriyati, professor-o’qituvchilari, xodimlari va talabalari (jamoa a’zolari)ningOTMga oid o’zaro munosabatlaridagi odob-axloq tamoyillari, rioya etishlari shart bo’lgan xulk-atvor koidalari va majburiyatlarini belgilab beradi.
1.6. “Odob-axloq qoidalari” garioya qilish OTM jamoa a’zolarining barchasi uchun majburiydir. Mazkur qoidalarga rioya qilish tartibi OTM da tuzilgan “Odob-axloq komissiyasi” tomonidan nazorat qilib boriladi.
1.7. Talabalikka va ishga qabul qilinayotgan har bir shaxs “Odob-axloq qoidalari” bilan tanishib chiqishi hamda unga rioya qilishini o’z zimmasiga olib imzo qo’yishi shart.
1.8. OTM jamoat, davlat va nodavlat tashkilotlari, ta’lim va ilmiy muassasalar, tadbirkorlik sub’ektlari, ommaviy axborot vositalari hamda talabalarning ota-onalari bilan o’zaro munosabatlarda “Odob-axloq qoidalari” dagi ko’rsatmalarga rioya etilishidan manfaatdordir.
2-bo’lim. Maqsad va vazifalar
2.1. “Odob-axloq qoidalari” ningmaqsadi OTMda sog’lom ma’naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, uning nufuzi hamda obro’-e’tiborini asrab-avaylash, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ko’maklashish, OTMning jamiyatdagi hamda ta’lim tizimidagi nufuzini yanada oshirishdir.
2.2. “Odob-axloq qoidalar” ning asosiy vazifalari:
- yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida o’z mas’uliyatini his etadigan, davlatning ichki va tashqi siyosatini to’g’ri anglaydigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bo’lgan irodasi baquvvat, iymoni butun va vijdoni uyg’oq mutaxassislarni tayyorlash;
OTM jamoa a’zolarining ma’naviy immunitetini shakllantirish, saqlash va himoya qilish;
-yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo’ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan, yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli xalokatli taxdidlar hamda biz uchun yot bo’lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, tuban "ommaviy madaniyat" xurujlaridan himoya kilishga ko’maklashishdan iborat.
3-bo’lim. Jamoa a’zolarining odob-axloqiga oid umumiy qoidalar
3.1. OTMda hamjihatlik, o’zaro ishonch, hurmat, bir-biriga g’amxo’rlik qilish xamda ahil-inoqlik jamoa a’zolarining o’zaro munosabatlaridagi muhim shartlardir.
3.2. OTMda o’zaro munosabatlarning asosiy tamoyili - bir shaxsning huquqi boshqa shaxsning huquqini paymol qilmasligi lozim, jumladan jamoa a’zosining so’z erkinligi unga birovga tuhmat qilish, uni xaqorat kilish, o’zaro munosabatlarda umume’tirof etilgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi behayo so’zlardan foydalanish huquqini kafolatlamaydi, e’tiqod erkinligi diniy marosim liboslarida OTMga kelish xuquqini kafolatlamaydi, kiyinish erkinligi ta’lim maskanida tarbiya jarayoniga salbiy tasir qilish huquqini kafolatlamaydi va xokazo.
3.3. Jamoa a’zolarining OTMga odamlar diqqatini tortadigan tanani shaffof ko’rsatib turadigan, elka, ko’krak va qorin, shuningdek tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda yoki diniy ibodat libosida, metall zanjirlar, to’g’nog’ichlar, tanaga turli munchoqlar qadagan holda, sport kiyim va poyabzalida kelishi taqiqlanadi. Jamoa a’zolari OTMga orasta bo’lib, unga monand kiyimda kelishi lozim.
3.4. Jamoa a’zosining sha’ni va qadr qimmati hurmat qilinishi hamda xalqimizning ma’naviy merosini avaylab asrash maqsadida jamoa a’zolari bir-biriga nisbatan hurmatsizlik qilishi, behayo so’zlar ishlatishi qatiy taqiqlanadn hamda OTMda o’zaro "Siz" deb murojaat qilish odat tusiga kirishi lozim.
3.5. OTM jamoa azolari turli tadbirlarda (majlislar, tantanali yig’ilishlar, amaliy uchrashuvlar, bayramlarda) so’zga chiquvchilarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lish, maishiy tinchlikkarioya etishi shart. Zarurat taqozo etsa, bir notiq o’z so’zini tugatib, boshqasi so’z boshlashiga qadar yuzaga keladigan uzilish vaqtida zaldan chiqib ketish mumkin.
3.6.Binolarga kirish joylarida tirbandlik yuzaga kelsa, talabalar professor-o’kituvchilar va xodimlarni, erkaklar esa ayollarni o’zlaridan oldin o’tkazib yuborishlari lozim.
3.7. Binoga kirayotgan har bir kishi binolarga kirib-chiqishni nazorat qilish uchun tayinlangan mas’ul shaxs yoki navbatchiga o’z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ochiq holda ko’rsatishi shart.
3.8. Jamoa a’zolari OTM hududida yo’lning o’ng tomonidan yurishlari kerak. Bir-biriga duch kelganda albatga salomlashishlari, bunda: talabalar professor-o’qituvchilar va xodimlarga, erkaklar xotin-qizlarga, yoshlar kattalarga birinchi bo’lib salom berishlari tavsiya etiladi. Bundan qo’l berib so’rashish istisno bo’lib, yoshi katta shaxslar birinchi bo’lib qo’l uzatganidan keyingina unga javoban qo’l uzatish mumkin,
3.9. Milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo’lmagan yoki OTMning ichki muammolariga taaluqli masalalarni Internet tarmog’iga joylashtirish yoki undan turli maqsadlar yo’lida foydalanish taqiqlanadi.
3.10. Kompyuterlarda OTMga tegishli bo’lmagan ma’lumotlarni, shunnngdek, turli kinofilmlar, noqonuniy diniy malumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ’ib qiluvchi har qanday materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targ’ib etish qat’iyan man etiladi.
3.11.O’quv mashg’ulotlariga va ishga hamda jamoa a’zolarining osoyishtaligi halaqit beradigan xatti-harakatlar (radiopriyomnik, televizor, magnitofon va boshqa ovoz kuchaytirish vositalarida» maqsadsiz foydalanish) sodir etish taqiqlanadi.
3.12. OTM jamoa a’zolari dars mashg’ulotlari va ishga belgilangan kun tartibiga ko’ra o’z vaqtida kelishlari shart.
3.13. OTMda har qanday huquqbuzarlik sodir etish ta’qiqlanadi, shu jumladan, tuhmat qilish, haqorat qilish, jamoa a’zosiga ma’naviy yoki moddiy zarar etkazishi mumkin bo’lgan ma’lumotni tarqatish, tan jarohati etkazish, fuqarolik muomalasidan chiqarilgan vositalarga oid munosabatlarga kirishish (giyohvand moddalar, psixotropik vositalar va hokazo), ichkilikbozlik, kashandalik, maishiy tinchlikka tajovuz qilish, janjallashish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o’yinlar o’ynash qat’iyan man etiladi.
4-bo’lim. otm boshqaruv xodimlarining kasbiy faoliyatlarini amalga oshirish printsiplari.
4.1. OTM boshqaruv xodimlari o’z kasbiy faoliyatlarini quyidagi printsiplar asosida amalga oshirishlari kerak:
qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
vatanparvarlik va xizmat burchiga fidoiylik;
davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik;
adolatlilik, halollik va xolislik;
manfaatlar to’qnashuviga yo’l qo’ymaslik.
4.2. OTM boshqaruv xodimlari quyidagilarga majbur:
funktsional vazifalarini bajarishda davlat printsiplari va talablariga qat’iy rioya etish;
o’z xizmat vazifalarini vijdonan, yuksak kasbiy darajada bajarish;
yuqori davlat organlari va mansabdor shaxslarining o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan (bergan) qarorlarini (topshiriqlarini) o’z vaqtida va sifatli bajarish;
o’z faoliyatini qonun hujjatlarida va ichki hujjatlarida belgilangan lavozim vakolatlari doirasida amalga oshirish;
o’z xizmat vazifalarini bajarishiga to’sqinlik qiluvchi biror-bir shaxsiy, mulkiy va boshqa manfaatlarning ta’siri bilan bog’liq bo’lgan xatti-harakatlarga barham berish;
normativ-huquqiy hujjat va idoraviy hujjatlarda belgilangan cheklashlar va taqiqlarga rioya qilish, o’z xizmat vazifalarini og’ishmay bajarish;
o’z xizmat faoliyatiga biror-bir ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga barham berish;
O’zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar xalqlarining urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish, turli etnik, ijtimoiy guruhlar va konfessiyalarning madaniy hamda boshqa xususiyatlarini hisobga olish, ijtimoiy barqarorlikka, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikka ko’maklashish;
o’zlarining xizmat vazifalarini vijdonan bajarishda shubha paydo qilishi mumkin bo’lgan xulq-atvordan o’zini tiyish, shuningdek o’z obro’siga yoki OTM ning nufuziga zarar etkazishga qodir bo’lgan vaziyatlarga yo’l qo’ymaslik;
5-bo’lim. Professor-o’qituvchilar va talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o’zaro munosabatlari
5.1. Professor-o’qituvchilar va talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o’zaro munosabatlari "Ustoz-shogird" milliy ananalariga asoslanishi lozim.
5.2. Professor-o’qituvchi auditoriyaga kirganida barcha talabalar o’rinlaridan turib salomlashishlari, so’ngra o’z joylarini egallashlari lozim.
5.3. Dars mashg’ulotlari vaqtida uyali aloqa vositalaridan foydalanish barcha uchun taqiqlanadi.
5.4.Talaba o’zining nojo’ya harakatlari bilan dars mashg’ulotlariga xalaqit bersa, professor-o’qituvchi yuzaga kelgan vaziyat haqida dekanatni xabardor qilib va uning ruhsati bilan bunday talabani mashg’ulotlardan chetlatishi mumkin.
5.5.Talabada professor-o’qituvchi bilan o’quv mashg’ulotlaridan tashqari vaqtda muloqot qilish zarurati bo’lsa, unda talaba quyidagi qoidalarni, ya’ni:
-professor-o’qituvchi talaba bilan dars jadvaliga muvofik mashg’ulotlarda, maslahat soatlarida, mustaqil ishlarni, reyting nazoratini topshirishda yoki o’zaro kelishuv bo’yicha belgilangan vaqtda shug’ullanishini;
-o’zi muloqot qilmoqchi bo’lgan professor-o’qituvchining lavozimi, ismi, otasining ismi va familiyasini aniq bilishi shart.
5.6.Talaba oldindan kelishilmagan holda professor-o’qituvchining huzuriga kelsa, umumiy yoki o’zaro kelishilgan maslahat soatiga kech qolib kelgan yoki kelmagan bo’lsa, professor-o’qituvchidan xatto qisqa vaqt suhbatlashishni talab qilishga ham xaqli emas.
5.7.Ayrim hollarda talabalar professor-o’qituvchini almashtirish iltimosi bilan murojaat qilishlari mumkin. Buning uchun jiddiy sabablar (qo’pollik, ta’magirlik, professor-o’qituvchining aybi bilan mashg’ulotlar o’tkazilishidagi muntazam uzilish hollarini isbotlovchi dalillar) ko’rsatilishi va u bo’yicha guruhning yagona fikri mavjud bo’lishi shart.
5.8. Professor-o’qituvchi bilan talaba o’rtasida reyting nazoratini topshirishga doir ziddiyat kelib chiqqan hollarda, talaba reyting nazoratini maxsus komissiyaga topshirish uchun ruxsat berish iltimosi bilan kafedra mudiriga murojaat etishi mumkin. Bunda murojaat asoslangan bo’lishi shart. Bunday masalalar kafedra mudirining taqdimnomasiga binoan fakultet dekani tomonidan hal etiladi.
6. Professor-o’qituvchilarning o’zaro munosabatlari
6.1. Professor-o’qituvchilarning o’zaro munosabatlarida - yagona jamoa, o’zaro hurmat va e’tibor, do’stlik, hamjihatlik, xalollik va adolat tamoyillari amal qilishi lozim.
6.2. Professor-o’qtuvchilar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitshi, o’zganing intelektual mulkini o’zlashtirib olish, qo’pollik, behayo so’zlar ishlatish, mushtlashish, o’zgalarga ma’naviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yetkazish qatiyan man etiladi.
7-bo’lim. Talabalarning o’zaro munosabatlari
7.1. Talabalarning o’zaro munosabatlarida-yagona jamoa, o’zaro hurmat va e’tibor, do’stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillari amal qilishi lozim.
7.2 Talabalar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitish, o’zganing intelektual mulkini o’zlashtirib olish, qo’pollik, behayo so’zlar ishlatish, mushtlashish, o’zgalarga ma’naviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yetkazish qat’iyan man etiladi.
8-bo’lim. Professor-o’qituvchilarniig odob-axloqqa oid majburiyatlari
- odob-axloq qoidalariga rioya qilishda talabalarga namuna bo’lish;
- OTM manfaatlariga zid bo’lgan xatti-harakatlardan o’zlarini tiyish;
- biror - bir noxush voqea yoki xodisa ro’y bersa, zudlik bilan u haqida ma’muriyatga xabar berish;
- OTM sha’ni va nufuziga dog’ tushiradigan har qanday holatlarning oldini olish;
- OTM to’g’risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro’siga ziyon etkazish uchun yoki o’z manfaatlari yo’lida foydalanmaslik;
- dars jarayonida talabalarga odob-axloqqa oid milliy- ananalarimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni targ’ib qilish;
- yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo’lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, tuban "ommaviy madaniyat" xurujlaridan ogoh etib borish;
- ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashiing va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqishga ko’maklashish.
9-bo’lim. Talabalarning odob-axloqqa oid majburiyatlari
A) OTM hududida:
- hududga kirshda talabalik guvoxnomasnni ko’rsatib kirish;
- hududni ifloslantirmaslik va chiqindilarni faqat joylardagi urnalarga tashlash;
- ustozlar bilan duch kelganda salom berish;
- o’quv mashg’ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik;
- OTM mulki (ko’char va ko’chmas mulki, o’simlik va hayvonot dunyosi va hokazolar) ga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish;
- kiyinish va o’zaro suhbat odoblariga rioya qilish;
- mutasaddilarning ruhsatisiz turli reklama vositalarini ochmaslik;
- maishiy tinchlikka rioya kilish;
- narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlar iste’mol qilinishi hamda tarqatilishiga qarshi kurashish, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yuqoridagi holatlar haqida tegishli tashkilotlarga o’z vaqtida xabar bermaslik javobgarlikka sabab bo’lishi alohida qayd etiladi.
B) auditoriyada:
- uyali aloqa vositalarini o’chirib qo’yish;
- dars vaqtida gaplashmaslik;
- jihozlarga madaniy munosabatda bo’lish, partalarga yozmaslik;
- qog’oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik;
- ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik.
V) Umumiy ovqatlanish joylarida:
- taomlarni olishda navbat tartibiga rioya qilish;
- tirbandlik holatida ustozlar, ayollar, yoshi kattalarga hurmat ko’rsatish;
- ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;
- umumiy ovqatlanish shaxobchasida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish.
G) axborot resurs markazida:
- ARM xodimlari bilan xushmuomalada bo’lish;
- kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish;
- baland ovozda so’zlashmaslik va atrofdagilarga xalaqit bermaslik;
- kog’oz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik;
- kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish.
D) talabalar turar joylarida:
- mavjud jihozlarni asrash, ularga zarar yetkazmaslik;
- elektr-energiyasi, gaz va suv resurslaridan tejamkorona (oqilona) foydalanish;
- sanitariya va gigiena xonalaridan foydalanish qoidalariga amal qilish;
- talabalar turar joyi "Nizomi" va "Ichki tartib qoidalari"ga qatiy rioya qilish.
S) sport majmualarida:
- sport majmuasiga xos bo’lgan kiyim va poyabzallarda kirish;
- sport inventarlariga nisbatan madaniy munosabatda bo’lish;
- mashg’ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish;
- sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilish.
J) madaniyat saroyi va boshqa ommaviy tadbirlar o’tkazish joylarida:
- o’rindiq va boshqa jihozlarga nisbatan madaniy munosabatda bo’lish;
- ommaviy tadbirlar vaqtida xushtak chalmaslik, baqirmaslik, tadbir tugashidan oldin sababsiz chiqib ketmaslik;
- uhlab o’tirmaslik, o’rindiqlarga o’tib olmaslik, bir-biri bilan gaplashmaslik, yon atrofdagilarga xalaqit bermaslik,
Shuningdek,
- turli davralarda o’zining namunaviy hulqi va bilimi bilan OTM haqida yuksak ijobiy taassurot hosil qilishga intilish;
- doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglash;
- OTM manfaati, uning sha’ni va shonli an’analari, obro’si hamda nufuzi to’g’risida qayg’urish, ularni saqlab qolishga jonkuyarlik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda bo’lish.
10-bo’lim. Professor-o’qituvchi va talabalar odob-axloqida man etiladigan holatlar
Professor-o’qituvchiga:
- jamoa a’zolarning shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish, o’zgalarning shaxsiy va oilaviy muammolarini muhokama qilish;
- jamoa a’zolari va boshqalar ustidan turli ig’vo, g’iybat va bo’xtonlar uyushtirish;
- talabalar bilan o’z hamkasabalarining kasbiy va shaxsiy kamchiliklarini muhokama qilish;
- talabalarni asossiz o’quv mashg’ulotlardan chiqarib yuborish;
- o’quv mashg’ulotlarida tijorat reklamasi o’tkazish;
- o’quv mashg’ulotlarida diniy tashviqot olib borish;
- o’quv mashg’ulotlariga mast, soch-soqol olinmagan va kiyinish tartibiga rioya qilmagan holda kelish;
- binolarda ichish va chekish kabilar qat’iyan man etiladi.
Talabaga:
- professor-o’qituvchilarga qo’pollik qilish, mashg’ulotlar vaqtida asossiz gapirish;
- professor-o’qituvchi bilan boshqalarning bahosini muhokama qilish;
- yolg’on gapirish, g’irromlik yoki professor-o’qituvchilarni chalg’itish bilan bog’lik har qanday xatti-harakatlar qilish;
- xodimlar va o’z o’rtoqlariga nisbatan hurmatsizlik qilish;
- yozma ishlarni himoya qilish va reyting nazoratiga doir boshqa tartib-taomillarni bajarish vaqtida chetdan yordam olish, o’zgalarga yordam ko’rsatish;
- boshqa shaxslar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o’z nomidan topshirish;
- mashg’ulotlarni o’tkazib yuborish yoki kechikib kelish;
- mashg’ulotlar vaqtida professor-o’qituvchining ruhsatisiz auditoriyadan chiqib ketish;
- boshqa talabaning sa’y-harakatlariga qasddan ziyon etkazish;
- moddiy jihatdan yaxshi ta’minlanganligini turli yo’llar bilan ko’z-ko’z qilish qatiyan man etiladi.
11-bo’lim. Ma’muriyat, professor-o’qituvchilar va xodimlar o’rtasidagi odob-axloqqa oid munosabatlar
11.1. Ma’muriyat, professor-o’qituvchilar va xodimlar o’rtasidagi munosabatlar, o’zaro hurmat, ahillik, mehnatsevarlik, bag’rikenglik. insonparvarlik, g’amxo’rlik va adolat tamoillariga asoslanadi.
11.2. Ma’muriyat, professor-o’qituvchilar va xodimlarning ish faoliyatiga doir masalalar bo’yicha hamkorlik qilishida bir tarafning boshqa tarafga tazyiq o’tkazishiga yoki unga harakat qilishiga, shuningdek adolat tamoillariga va OTM manfaatlariga zid bo’lgan qarorlar tayyorlanishiga yo’l ko’ymaydi.
11.3. Lavozim darajalari teng bo’lgan xodimlar o’rtasidagi muammolarni ishchi tartibda hal etish tavsiya ztiladi. Lavozim darajalari teng bo’lgan xodimlarning ish jarayonidagi turli muammolarni o’z vakolatlari doirasida, ma’muriyatni jalb etmagan holda hal etishlari ma’qullanadi.
11.4. Jamoada biror bir masala bilan ma’muriyatga murojaat qilish tartibi subordinatsiya tamoili asosida tashkil etiladi.
11.5. Professor-o’qituvchi va xodimning OTMda ma’naviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash bo’yicha tashabbus va g’oyalari rag’batlantiriladi.
11.6. Ma’muriyat professor-o’qituvchilar va xodimlarning kasbiy va intelektual jihatdan rivojlanishlari uchun qulay ish joyi, zamonaviy kompyuterlar, internet tarmog’idan, kutubxona fondi va axborot resurslaridan erkin foydalanish shuningdek hordiq chiqarishlari, dam olishlari, jismonan chiniqishlari uchun barcha imtiyozlarni yaratib beradi.
12-bo’lim. Rag’batlantirish va chora ko’rish tartibi.
12.1. O’quv yili davomida “Odob-axloq qoidalar” ga to’la rioya qilgan, OTMda yuksak manaviy-axloqiy muhitning yanada qaror topishiga va mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo’lim boshliqlari tavsiyasiga binoan OTM ichki tartib qoidalariga muvofiq moddiy yoki ma’naviy rag’batlantiriladi.
12.2. Jamoa a’zolari ushbu “Odob-axloq qoidalar” ni buzganida, bunday xolatlar “Odob-axloq komissiyasi” tomonidan ko’rib chiqiladi xamda OTM ichki tartib qoidalarining "Intizomiy ta’sir choralari" bo’limida keltirilgan holatlar bo’yicha choralar ko’riladi. “Odob-axloq komissiyasi” OTM professor-o’qituvchilaridan kamida 5 kishidan iborat tarkibda tuziladi. “Odob-axloq komissiyasi” ning maqsadi, vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, javobgarligi va uning faoliyatini tashkil etishning boshqa masalalari Odob-axloq komissiyasi to’g’risidagi Nizomda belgilanadi.
Odob-axloq qoidalarining buzilishi holatlarini “Odob-axloq komissiyasi” tomonidan ko’rib chiqish natijalari bo’yicha intizomiy yoki boshqacha tarzdagi qoida buzilishlarining mavjudligi (mavjud emasligi) to’g’risida xulosa chiqariladi. Ayni vaqtda OTM rektorining ko’rib chiqishiga qoidalar buzilishini sodir etgan xodimga intizomiy jazo qo’llash to’g’risida taklif kiritiladi. Yo’l qo’yilgan qoida buzilishining xarakterini hisobga olgan holda, intizomiy jazo choralari ogohlantirish, xayfsan, jarima, mexnat shartnomasini bekor qilish kabilardan iborat bo’lishi mumkin. Xodimlar o’zlari yo’l qo’ygan qoida buzilishi, qoida buzilishining ko’rib chiqilishi jarayoni haqida axborotni olish va o’zini himoya qilish uchun dalillarni taqdim etish, shuningdek “Odob-axloq komissiyasi” qarorlari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. Shuningdek, jamoa a’zosining hulq-atvori ustidan jamoat nazoratini ta’minlash maqsadida, mazkur qoidalarga rioya etilmaganligi holatlari OTMdagi Birlashgan Kasaba uyushma qo’mitasi, Yoshlar ittifoqi universitet BT, Xotin-qizlar va "Ota-onalar" Kengashlarida ham muhokama qilinishi va ulariing qaroriga binoan jamoa a’zosining hulq-atvori to’g’risida u yashab turgan mahalla fuqarolar yig’iniga ma’lumot tariqasida yozma xabar yuborish amaliyoti ham joriy etilishi mumkin.
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish